Har bir tarifda to'rtta resurs bor: fayllar va videolar uchun joy (xotira) hamda ular o'quvchilarga yetkaziladigan oylik hajm (trafik). Quyida — ularning farqi, limitga yetganda nima bo'lishi va oldindan hisoblash uchun kalkulyator.
Fayl yuklanganda joy egallaydi va o'chirilmaguncha egallab turadi. 500 MB rasm, 1 GB PDF va 500 MB boshqa fayl — jami 2 GB xotira. Har oy yangilanmaydi.
Har safar fayl ochilganda yoki video ko'rilganda sarflanadi. Har oyning 1-sanasida noldan boshlanadi. Fayl va video trafigi alohida hisoblanadi.
| Resurs | Pro | Pro+ | MAX(ulanish so'rov bo'yicha) |
|---|---|---|---|
| Fayllar xotirasiRasmlar, PDF, hujjatlar va boshqa oddiy fayllar uchun joy. Oy bilan yangilanmaydi. | 3 GB | 15 GB | 30 GB |
| Fayl trafigi / oyO'quvchi va xodimlar bir oyda birgalikda ochishi yoki yuklab olishi mumkin bo'lgan fayl hajmi. | 20 GB | 150 GB | 300 GB |
| Video kutubxonaDars videolari uchun joy, qayta ishlangan nusxalari bilan birga. | 1 GB | 15 GB | 150 GB |
| Video trafigi / oyBir oyda o'quvchilarga yetkazilgan video hajmi. | 20 GB | 200 GB | 5 TB |
1 GB = 1024 MB, 1 TB = 1024 GB. Limitlar markaz bo'yicha, o'quvchi boshiga emas.
10 MB PDF × 100 o'quvchi
≈ 1 GB
fayl trafigi — xotirada esa atigi 10 MB
500 MB video × 20 o'quvchi
≈ 10 GB
video trafigi, har biri to'liq ko'rsa
1 GB video × 100 o'quvchi
≈ 100 GB
video trafigi, har biri to'liq ko'rsa
Raqamlarni o'zgartiring — qaysi tarif sizga mos kelishi darhol ko'rinadi.
Bu taxminiy hisob, kafolat emas: haqiqiy trafik ko'rilgan qism, qayta ko'rish va internet sifatiga bog'liq. Markazingizning aniq raqamlari boshqaruv panelidagi «Xotira va trafik» sahifasida ko'rinadi. 1 GB = 1024 MB.
Markazingiz yuklagan fayllar egallagan joy: rasmlar, PDF, hujjatlar, uy vazifasi va imtihon fayllari. Dars videolari alohida — video kutubxonada hisoblanadi.
Fayl yoki video foydalanuvchiga yetkazilganda ishlatiladigan hajm. Fayl bir marta saqlanadi, lekin har ochilganda trafik sarflanadi.
10 MB PDF xotirada 10 MB joy egallaydi. Uni 100 o'quvchi yuklab olsa, taxminan 1 GB trafik sarflanadi. Xotira — saqlash, trafik — yetkazish.
Har bir o'quvchi faylni yoki videoni o'zi ochadi, ya'ni har safar ma'lumot qaytadan yetkaziladi. 50 o'quvchi bitta videoni ko'rsa, video 50 marta yuboriladi.
Haqiqatan yuborilgan baytlar bo'yicha. Video kichik bo'laklarda yetkaziladi: o'quvchi qancha qismini ko'rsa, shuncha bo'lak hisoblanadi. «Play» bosilishining o'zi butun videoni hisoblamaydi.
Faqat yuklangan qismi hisoblanadi. Pleyer biroz oldinroq yuklab olishi mumkin, shuning uchun hisob ko'rilgan qismdan biroz ko'proq bo'lishi mumkin.
Ha. Har bir ko'rish ma'lumotni qaytadan yetkazadi va trafikka qo'shiladi.
Ha, fayl yoki videoni kim ochishidan qat'i nazar trafik hisoblanadi. Faqat limit tugaganda o'quvchilar cheklanadi, xodimlar ishlayveradi.
Yo'q. Fayl yuklash xotirani band qiladi, trafik esa faqat fayl yoki video foydalanuvchiga yetkazilganda hisoblanadi.
Fayllar o'chirilmaguncha saqlanib turadi, shuning uchun egallangan joy ham saqlanib qoladi. Faylni o'chirsangiz, joy bo'shaydi.
Trafik — bir oy davomida yetkazilgan hajm. Har oyning 1-sanasida (markazingiz vaqti bo'yicha) hisob noldan boshlanadi. Ishlatilmagan trafik keyingi oyga o'tmaydi.
Markaz rahbariyatiga bildirishnoma keladi (70, 80, 90, 95 va 100 foizda, har biri bir martadan). Hech narsa cheklanmaydi — bu faqat oldindan ogohlantirish.
Xotira to'lsa, o'sha turdagi yangi fayl yuklab bo'lmaydi, mavjudlari o'chirilmaydi. Trafik tugasa, o'quvchilarga yangi havola berilmaydi; oldin ochilgan havola o'z muddati tugaguncha ishlashi mumkin (fayl uchun bir necha daqiqa, video uchun 6 soatgacha). Xodimlar ishlashda davom etadi.
Yangi limitlar darhol amal qiladi: joy va trafik ko'payadi, cheklovlar olib tashlanadi.
Yo'q. Hech narsa o'chirilmaydi. Agar fayllar yangi tarif limitidan ko'p bo'lsa, joy bo'shatmaguningizcha yoki tarifni oshirmaguningizcha yangi yuklash to'xtaydi.
Biz bilan bog'laning: qo'shimcha xotira yoki trafik paketi to'lovdan keyin qo'lda qo'shiladi. Avtomatik yechib olinmaydi va o'z-o'zidan uzaytirilmaydi.
Boshqaruv panelidagi «Xotira va trafik» sahifasida to'rtta ko'rsatkich: ishlatilgan, qolgan va foiz.
Ha. Video himoyalangan holda ijro etilishi uchun kichik shifrlangan bo'laklarga ajratiladi va bu bo'laklar ham video kutubxonada saqlanadi. Shuning uchun video egallagan joy yuklangan fayldan farq qilishi mumkin — panelda haqiqiy egallangan hajm ko'rsatiladi.
Yozing — markazingiz uchun tizimni ochib beramiz va birinchi sozlashda yordam beramiz. Birinchi oy bepul.